Kompaniyamiz ekologik toza paxtadan tayyorlangan, tanaga yoqimli, hamda mayin va yuqori sifatli momiq sochiqlar, shuningdek ulardan ishlab chiqariladigan barcha turdagi mahsulotlarni taklif etadi.
“UZTEX Group” fabrikalarida momiq sochiq mahsulotlari ishlab chiqarishda 100% tabiiy paxta ipidan foydalaniladi. Shuningdek mahsulotlarimiz namlikni mukammal singdirishi bilan birga uzoq xizmat muddatiga ham ega. Buyurtmachilarimizning talablariga ko‘ra istalgan ulchamdagi va qalinlikdagi sochiqlar va hammom xalatlari qisqa muddatda ishlab chiqarilishi kafolatlanadi.
Mahsulot turlari
– Momiq sochiqlar (Standart, jakkard to‘kuvli, naqshli, vafli sochiqlar va hakozolar);
– Maxra va vafli usulida tukilgan matolardan xalatlar;
- Mehmonxonalar uchun to‘plamlar (hammom xalatlari va sochiqlari)
Sochiq Mahsulotlari yonalishi bo'yicha savdo rahbari Nargiza Xafizova Abdusattarovna