Bo'yalgan ip

Bugungi kunda “UZTEX GROUP” korxonalari yetakchi Yevropa korxonalarining laboratoriya-tekshiruv usknalari bilan jihozlangan. Ishlov berilmagan ip barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Shveysariyaning USTER (USTER) firmasi uskunalarida sinovdan o‘tkaziladi. Bo‘yalgan ip va mato ishlab chiqarishda Buyuk Britaniyaning JEYMS XILL (James Heal) kompaniyasining eng ilg‘or sinov texnologiyalaridan foydalaniladi.

Germaniyaning HOHENSTEIN instituti laborator auditlarini o‘tkazib UZTEX Group ishlab chiqargan barcha mahsulotlarni “1” darajali deb baholashi natijasida, korxona Yevropaning yuqori sifat talablariga javob beruvchi, faqat ekologik toza, havfsiz homashyo qo‘llovchi xalqaro ishlab chiqaruvchilar uyushmasiga qo‘shildi va OEKO-TEX STANDARD 100 sertifikatini oldi.

Bo'yalgan ip yonalishi bo'yicha savdo rahbari Tamila Selyametova

t.selyametova@uztex.uz

+998707171900