Bo’yalgan mato

“UZTEX GROUP” to‘qimachilik ishlab chiqarish korxonalarida gazlama o‘z ishlab chiqargan yuqori sifatli ip-kalavadan tayyorlanadi.

Kompaniyalar guruhi o'z omborlaridan trikotaj matolarning keng tanlovini, shuningdek tikuvchilik korxonalarining individual buyurtmalariga binoan mato ishlab chiqarish imkoniyatini taklif etadi. Matolarning joriy turlari, to'qish va bo'yash ishlab chiqarishining texnologik jihozlari zamonaviy dizayning yechimlarini amalga oshirishda cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi, trikotaj kiyimlar bozorida tarmoq operatorlarining tijorat salohiyatini kengaytiradi.

“UZTEX” GROUP ning PAXTA VA ARALASH TRIKOTAJ MATOLARNING ASOSIY ASSORTIMENTI 50 DAN ORTIQ NOMGA EGA.

Misol uchun:

- ribana (karda va qayta tarash sistemasi ipi);

- glad to’qimasi – suprem (karda va qayta tarash sistemasi ipi);

- lakost – pike (karda va qayta tarash sistemasi ipi);

- interlok (karda va qayta tarash sistemasi ipi);

- tukli va tuksiz futer

- velyur;

Biz moda olamidagi so’ngi yangiliklardan ortda qolmaslikka harakat qilamiz.

Biz mijozlarimizga suv o'tkazmaydigan, antibakterial suyuqlik singdirilgan, shuningdek, yuqori sifatli paxta tolasidan tayyorlangan ekologik toza, ushlab ko’rilganda tabiiy his qilinadigan trikotaj matolarni taklif qilamiz.

Bizning ishlab chiqarish sharoitimiz qisqa vaqt ichida katta buyurtmalarni bajarishga imkon beradi va eng nozik tab mijozlar talablariga javob beradigan yuqori sifat darajasini doimiy ravishda saqlab turadi.

Bo’yalgan mato yonalishi bo'yicha savdo rahbari Aleksey Kolyuchev Sergeyevich

a.kolyuchev@uztex.uz

+998998898017