“UZTEX GROUP” korxonasi dunyoda yetakchi, vertikal integrallashtirilgan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchisidir. Kompaniya ishlab chiqargan har bir mahsulot yuqori sifatli kalava iplardan tayyorlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati paxtadan tayyorlangan ishlov berilmagan va bo‘yalgan ip, matolar, trikotaj kiyim kechaklari - paypoq va sochiq kabi barcha turdagi to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib bera oladi.
Shuningdek kompaniyamiz mijozlar uchun tabiiy va ekologik toza paxatadan tayyorlangan trikotaj matolarning keng tanlovini, momiq sochiqlar, paypoq, hamda trikotaj kiyim kechaklarning istalgan turi bo‘yicha dunyoga mashxur brendlarning individual buyurtmalariga binoan ishlab chiqarish imkoniyatini taklif etadi.
UZTEX GROUP faoliyati bo‘yalgan mato ishlab chiqaruvchi fabrikani ishga tushirish bilan boshlangan.
UZTEX GROUP tarkibiga kiruvchi turli viloyatlarda joylashgan o‘n nafar korxonalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 70 000 tonna turli ishlov berilmagan ipni tashkil qilib, ulardan keyingi bosqichda:
18 000 tonna – bo‘yalgan ip va 3000 tonna bo‘yalgan paxta tolasi
12 000 tonna – ishlov berilmagan trikotaj mato
7 000 tonna – bo‘yalgan trikotaj mato
2 500 tonna – rotatsion (aylanma) bosmali mato
20 mln. dona – trikotaj kiyim-kechak mahsulotlari
70 mln. juft – paypoq mahsulotlari va
15 mln. dona – momiq sochiq mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Maydoni 45000 gektardan ortiq xususiy paxta klasterlariga ega bo‘lgan UZTEX GROUP ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini – ekish, yig‘im, tozalash, paxta tolasini tayyorlash, ishlov berilmagan ipni tayyorlash, bo‘yalgan ip va mato ishlab chiqarish, tayyor mahsulotni tikish, markalash va qadoqlashni o‘z ichiga olgan butun texgologik jarayonni nazorat qiladi. Vertikal integrallashtirish, shubhasiz mahsulotning yuqori sifatida o‘z samarasini beradi.
UZTEX GROUP MDH to‘qimachilik korxonalari orasida birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, onlayn va real vaqt kesimida barcha korxonalar boshqaruvini amalga oshiruvchi UZTEX PRO - innovatsion ishlab chiqarish platformasini joriy qildi.